Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasida Andijon viloyati yuridik texnikumining bir guruh o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Ichki ishlar boshqarmasi va bir qator tashkilotlar hamkorligida «Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish» mavzusida o‘tkazilgan tadbirda muloqot Ingliz tilida olib borildi.
Tadbirda ayollarning ijtimoiy huquq-erkinliklarini ta’minlashdagi harakatlarni faollashtirish, tazyiq yoki zo‘ravonlikka uchragan ayol-qizlarga ko‘rsatiladigan xizmat yordamlarini oshirish, shuningdek, ayollarga nisbatan turli xil zo‘ravonliklarni oldini olishga qaratilgan mavzular bo‘yicha muhokama qilindi.
Yakunda tadbirda faol ihstirok etgan o‘quvchilar viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.