“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati o‘rganilmoqda 

2017-yil 3-yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-419-sonli Qonuni qabul qilindi.   34 moddadan iborat ushbu hujjatda korrupsiya atamasiga ta’rifdan tortib, unga qarshi kurashish, vakolatli organlar va ularning vazifalari, korrupsiyaga qarshi javobgarlik, bu masalada xalqaro hamkorlik kabi barcha muhim jihatlar qayd etilgan   Mazkur Qonunning 3-moddasi asosiy tushunchalar to‘g‘risida bo‘lib, ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:    korrupsiya – shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;    korrupsiyaga oid huquqbuzarlik – korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;    manfaatlar to‘qnashuvi – shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.    Shuningdek, Qonunning 4-moddasi korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari to‘g‘risida bo‘lib bunda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:

    Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

1.qonuniylik;

2.Fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

3.ochiqlik va shaffoflik;

4.tizimlilik;

5.davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;

korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;

javobgarlikning muqarrarligi prinsiplaridan iboratdir.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik muqarrardir.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etganlik qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar sudning qaroriga ko‘ra muayyan huquqlardan, shu jumladan muayyan lavozimlarni egallash huquqidan qonunga muvofiq mahrum etilishi mumkin.

Yuridik shaxslar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘lad

I. Matmusayev,

Andijon viloyat ma’muriy

 sud sudyasi.

M.Ro‘ziboev,
asisstent

Do`stlarga ulashing:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan