O‘quvchi qizlarga tadbirkorlik ko‘nikmalari o‘rgatildi


Andijon viloyati yuridik texnikumida Besh tashabbus doirasida “O‘z biznesingni boshla” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy-siyosiy faolligini va bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish hamda moliyaviy mustaqilligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda biznesga qiziquvchi o‘quvchi qizlar ishtirok etdi.

Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi viloyat bo‘limi rahbari Hilolaxon Boltaboyeva tadbir ishtirokchilariga o‘z tajribasi haqida gapirib, tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lgan qizlar e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan masalalarga alohida to‘xtaldi.

Ishtirokchilarga korxonaning tashkil etilishi, hujjat ishlarini yuritish, bozorni o‘rganish, marketing kabi amaliy hamda nazariy bilim-ko‘nikmalari berildi.

Tadbir davomida qizlar biznes loyiha ishlab chiqish va uni amalga oshirish yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

Do`stlarga ulashing:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan