Andijon viloyati yuridik texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.
Unda Andijon shahridagi 35-davlat ixtisoslashtirilgan maktabining bitiruvchi sinflar oʻquvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirda ishtirokchilar mavjud mutaxassisliklar, tahsil olish uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar hamda dars jarayonlari bilan tanishdilar. Shuningdek, texnikumda faoliyatiga oid oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.
Taʼkidlash lozimki, ushbu ilm dargohida oʻquvchilar uch yoʻnalishda tahsil olib, kasb egallashlari mumkin. Yoʻnalishlar kesimida tayyorlangan koʻrgazmalar ham oʻquvchilarning diqqatini jalb etdi, albatta.