Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot uchun asos

Andijon viloyat yuridik texnikumida Konstitutsiya qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan ““Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot uchun asos” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan asosiy prinsiplar, inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari hamda jamiyat va shaxs masalalari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi, saylov tizimidagi fundamental vazifalar kabi mavzular yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, fuqarolarimizning Konstitutsiyaga oid va huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan.

Tadbir doirasida yoshlarning Konstitutsiya borasidagi bilimlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan viktorina tashkil etilib, savollarga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Do`stlarga ulashing:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan