Andijon viloyat yuridik texnikumining ilk bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan 2018 yilda tashkil etilgan Andijon viloyat yuridik kolleji O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5812-son Farmoniga muvofiq yuridik texnikumga aylantirildi. Bu yil ushbu texnikumda 135 nafar o‘quvchi o‘qishni tamomladi va ularga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu marosimga Andijon viloyat adliya boshqarmasi bishlig‘i A.Dadajonov, Andijon viloyat sudi raisi T.Meliboev, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i E.Rayxonov, Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyat boshqarmasi boshlig‘i O.Bozarov, O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i D.Abdusalomova hamda O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Yunusovlar ham tashrif buyurishgan.

Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar o‘zining samimiy tilaklarini bitiruvchilarga yo‘llab, hayotiy maslahatlarini aytib o‘tishdi.

Bitiruvchilarga Andijon viloyat yuridik texnikumini tamomlaganliklari tasdiqlovchi o‘rta maxsus professional ta’lim diplomlari topshirildi.

Diplomlar tarqatilgandan so‘ng bitiruvchilarning ota-onalari ham so‘zga chiqib, o‘z fikr mulohazalarini bildirishda, texnikum ustozlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Do`stlarga ulashing:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan