Andijon yuridik texnikumida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda texnikum direktori D.Yuldashev, ta’lim muassasasida faoliyat olib borayotgan barcha professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etdi.
Bayram tadbiri avvalida D.Yuldashev so‘z olib, barchani kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi hamda o‘zining fidokorona mehnati va jonkuyarligi bilan hamkasblari va shogirdlariga o‘rnak bo‘layotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarni topshirdi.