#Andijon viloyati yuridik texnikumida namunaviy sud protsessi tanlovi o‘tkazildi
🏛 🔰 Andijon viloyati yuridik texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrug‘iga asosan tasdiqlangan “Jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlari bo‘yicha na’munaviy sud protsessi” tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi.
✅ Tanlovda Jinoyat ishlari bo`yicha Andijon shahar sudining sudyasi E.Pirmatov hamda Fuqarolik ishlari bo`yicha Andijon tumanlararo sudining raisi I.Azizovlar hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etdi.
✅ Tanlov jarayonida o‘quvchi yoshlar o‘zlarining sudda nutq so‘zlash, jamoada ishlash, tezkor fikrlash, tahlil qilish hamda optimal qarorlarni qabul qilish qobiliyatini namoyon etdilar.
📌 Qizg‘in kechgan tanlov natijalari hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, fuqarolik va jinoyat sud ishlari bo‘yicha g‘olib bo‘lgan jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.