⚡️ Yuridik texnikum o’quvchi-qizlarida tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan davra-suhbati tashkil etildi.
🏛 🔰 Andijon viloyat yuridik texnikumi viloyat savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan “5 tashabbus” doirasida texnikum o’quvchi-qizlarida tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan soha vakillari ishtirokida davra-suhbati tashkil etildi.
✅Davra suhbati davomida o’quvchi-qizlarga mutaxassislar tomonidan tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, yoshlarga tadbirkorlik yo‘nalishida berilayotgan imtiyozlar, viloyat miqyosidagi qo‘llab-quvvatlanayotgan turli tadbirkorlik faoliyati sohalari va startap loyihalari haqida amaliy misollar yordamida batafsil tushunchalar berib o‘tildi.
✅E’tiborlisi, uy sharoitida qo‘ziqorin mahsulotlarini yetishtirish, bedana boqish kabi loyihalar o‘quvchi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi va kelgusida mana shunga o‘xshash tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni o‘zlariga maqsad qilib oldilar.
📌 Davra suhbatining ikkinchi qismida, o‘quvchi-qizlar palatada tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar na’munalari bilan tanishish imkoniga ega
bo‘ldilar.
⚖️ ♻️Bizning ijtimoiy tarmoqlarimizga ulaning:
|• Telegram (https://t.me/AndijonYuridikTexnikumi) | • Instagram (https://instagram.com/asl_officiall?utm_medium=copy_link) | • Facebook (https://www.facebook.com/andijonyuridik.texnikumi/) |•Veb-sayt (http://anyut.uz/)| •You tube (https://www.youtube.com/channel/UCB47FKUWGQuNta623WFlb0w)|