⚡️ 🏛 🔰 2022-yilning 1-dekabr sanasida Andijon viloyati yuridik texnikumida “1-dekabr – Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni” munosabati bilan “Biz-OITSga qarshimiz!” mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi.
✅Tadbir avvalida Texnikumning Yoshlar bilan ishlash bo`limi uslubchisi G. Ahmadjonova ushbu kasallik va uning tarixi to`g`risida qisqacha ma`lumot berdi.
✅Tadbirga O`zbekiston Qizil yarim oy Jamiyati Andijon viloyati raisi Mirzaraximova Xolidaxon Telmonovna hamda mutaxassisi Sadovnikova Elmira Ravilovna Andijon shahri aholisi o`rtasidagi kasallik statistikasi hamda uning yuqishi haqida aniq ma`lumotlarni berdilar.
✅Shuningdek, inson hayoti xavfsizligi va sog`lom turmush tarzi haqida muhim ma`lumotlarni berdilar.
✅Davra suhbati davomida o`quvchilarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassisliklari batafsil javob berdilar.
✅Davra suhbatidan barcha o`quvchilar katta taassurot oldilar.