“Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” aniqlandi

Oʻqituvchilik sharafli va mashaqqatli kasb, yoshlarga taʼlim-tarbiya berish, ularni kelajakda komil inson etib tarbiyalashda oʻqituvchi va uning pedagogik mahorati muhim ahamiyatga ega.

Andijon viloyat yuridik texnikumida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlarning kasbiy mahorati, bilim va salohiyatini sinovdan oʻtkazish maqsadida “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” tanlovi boʻlib oʻtdi.

Unda 5 nafar mahoratli pedagog oʻzaro bellashdi.

Bunda har bir oʻqituvchi tomonidan tanlov oʻtkazilayotgan davrda amalga oshirilgan ishlari, koʻrsatkichlari, soha faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar va yangiliklarni joriy etish boʻyicha gʻoyalari, notiqlik mahorati, jamoat ishlaridagi faol ishtiroki kabi mezonlar asosida hududiy komissiya tomonidan xolis va shaffof baholab borildi.

Natijalarga koʻra, mutaxassislik fani oʻqituvchisi Mavlonbek Roʻziboyev gʻolib, deb topilib, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega boʻldi. Bundan tashqari mutaxassislik fani oʻqituvchilari Kamoliddin Mamatqulov va Shaxnozaxon Sadiqovalar ikkinchi hamda uchinchi oʻrinlarga qoʻlga kiritishdi.

Gʻoliblar texnikum direktorining diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Qayd etish lozim, ushbu tanlov taʼlim muassasalari oʻqituvchilari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, fanlar boʻyicha qiziqarli va interfaol metodlarni ommalashtirish, oʻzaro tajriba almashish, oʻqituvchilar masʼuliyatini yanada oshirish, malakali oʻqituvchilar zaxirasini yaratishga qaratilgan.

Do`stlarga ulashing:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan