Bugun Andijon viloyat yuridik texnikumida Ekologik huquq” mavzusida debat oʻtkazildi.
Debat avvalida oʻquvchilarga mavzu yuzasidan batafsil maʼlumot berildi. Shundan soʻng oʻquvchilarning mavzuga oid bilimlari 2 guruhga ajratilgan holda sinovdan oʻtkazildi.
Ishtirokchilar ekologik qonunchilik-ekologik huquqni ta’minlash omili mavzusida chiqishlar qilib butun dunyoda global bo’lgan ekologik muammolar va ularning insoniyatga ta’siri to’g’risida tushunchalar berish bilan bir qatorda ekologik holatlarni oldini olish borasida insoniyat birdek kurashishi lozimligi xususida qator tavsiyalar ham berib o’tdilar.
Oʻquvchilar tomonidan shaxsiy fikrni tinglovchilarga ishontiruvchi nutq soʻzlash orqali tushunarli yetkazib berish va tegishli xulosalar chiqarish, shuningdek, muammoli vaziyatlarda mustaqil faktlar va misollarga asoslangan yechimlar bayon etildi.
Bellashuv tarzidagi debat interaktiv metodlar orqali qiziqarli tarzda boʻlib oʻtdi va ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.