Andijon viloyat yuridik texnikumida “Ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish” mavzusida seminar oʻtkazildi.
Unda “Daryo” internet nashri muxbiri, jurnalist Umidjon Mamarasulov ishtirok etdi.
Tadbirda Internetda turli axborotlar oqimidan toʻgʻri foydalanish, feyk yoki dezinformatsiyalardan himoyalanish, veb-makon imkoniyatlarini bilim egallash yoki malaka koʻnikmasini oshirishga yoʻnaltirish, xavfsizlik prinsiplari va mezonlarini anglash kabi bir qator sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan oʻz maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning asosiy talab va mezonlari hamda internetdan toʻgʻri maqsadlarda foydalana olish boʻyicha texnikum oʻquvchi-yoshlariga oʻzining fikr mulohazalarini berib oʻtdi.