Hurmatli o‘quvchilar joriy yilning 28 mart kuni texnikum Axbort – resurs markazida «Yil kitobxoni» ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tanlovda barcha o‘quvchilar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovning o‘tkazilish tartibi:
- Ko‘rik-tanlov texnikum o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
- Ko‘rik-tanlov o‘tkazish joyi, vaqti va hakamlar xay’ati tarkibi belgilanadi.
- G‘olib o‘quvchi fahriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Tanlov quyidagi shartlar boʻyicha oʻtkaziladi:
1-shart. “Mening eng sevimli asarim” yoki “Mening sevimli yozuvchim” mavzularida taqdimot tayyorlash (5-7 daqiqa)
2-shart. “Tezkor savol-javob”. (Bunda oʻzbek adabiyotining yirik namoyondalari Abdulla Qodiriy, Said Ahmad, Tohir Malik, Oʻtkir Hoshimov, Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga oid savollar beriladi.)
3-shart. Erkin mavzu. (Ushbu shartda oʻquvchilar oʻzlari xohlagan badiiy asardan parcha sahnalashtirishlari, biror badiiy asardan monolog yoki sheʼrni ifodali oʻqishlari mumkin. Bu shartda ishtirokchilar guruhdoshlari yordamidan foydalanishlari mumkin)
O‘qishga tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Hazrati Alisher Navoiy va boshqa mumtoz adabiyotimizga tegishli asarlar
2. Boburnoma. (Z.M. Bobur)
3. O‘tgan kunlar. Mehrobdan chayon. (Abdulla Qodiriy)
4. Shum bola. (G‘afur G‘ulom)
5. Ufq. Jimjitlik. (Said Ahmad)
6. Iblis devori. Zaloltga botma ey inson. Shaytanat. So‘nggi o‘q. Halol nimayu xarom nima? (Toxir Malik)
7. Tushda kechgan umrlar. Ikki eshik orasi. (O‘tkir Hoshimov)
8. Yulduzli tunlar. Avlodlar devoni.( Pirimqul Qodirov)
9. Muxammad Yusuf she’riyati.
10. Asrga tatigulik kun, Qiyomat, Jamila, Oq kema (Chingiz Aytmatov).
11. Kichik shahzoda (Antuan de Sent Ekzyuperi).
12. Fozil kishilar shahri (Forobiy)
13. Mahtumquli she’rlari
14. Robinzon Kruzo va uning sarguzashtlari (Daniel Defo).
15. Al-kimyogar (Paulo Koelo).
16. Sherlok Xolms sarguzashtlari (Artur Konon Doyl).
17. Ichindagi ichindadir (Jaloliddin Rumiy).
18. Amerika fojiasi (Teodor Drayzer)
(Ushbu ro‘yxatdagi adabiyotlar texnikum Axborot – resurs markazi fondida mavjud)