Andijon viloyati yuridik texnikumida “Global issue: Human Trafficking” (Global muammo: Odam savdosi) mavzusida namunaviy sud protsessi jarayoni o‘tkazildi.
Huquqshunoslar uchun xorijiy til fani o‘qituvchisi Dilfuzaxon Nosirova tashabbusi bilan tashkil etilgan namunaviy protsessda o‘quvchilar o‘zlarining sudda tezkor fikrlash, tahlil qilish, o‘z pozitsiyasini ilgari surish hamda optimal qarorlarni qabul qilish qobiliyatini ingliz tilida namoyon etdilar.
Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, podpolkovnik Nilufar Muminova, mayor Komiljon Karimov, Sharda Universiteti professori doktor Gabriel Ogunmala, Hayotbek Maqsudov va boshqalar ishtirok etib, o‘quvchilarning sa’y-harakatlarini yuqori baholadilar.