Mamuriy tartib – taomillar

Maqola haqida: O‘zbekistonda mustaqillik yillarining ilk kunlaridan boshlab davlat va jamiyat hayotini bosqichma-bosqich isloh qilish, huquqiy davlat qurish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirokini joriy etish kabi davlat boshqaruvi, yanada aniqrog’i, ma’muriy faoliyatni yanada demokratlashtirishga doir chora-tadbirlar o’tkazib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi bilan mamlakatimizda davlat boshqaruvining huquqiy asoslarini takomillashtirishga alohida e’tibor berilmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy sudlarning joriy etilishi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi, “Ma‘muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning qabul qilinishi ma’muriy huquq fanini tushunishning yangicha yondashuvlarini ishlab chiqish dolzarbligini ko‘rsatmoqda.

Ma’muriy protseduralar haqida fikr yuritganda uning davlat xizmatlari bilan aloqasini ham ko’rib chiqish lozim bo’ladi. Gap shundaki, bir qator davlatlar ma’muriy faoliyatni ma’muriy protseduralarga oid qonunchilik orqali tartibga solish o’rniga davlat xizmatlarini ko’rsatishni rivojlantirish yo’lidan borishgan. Misol uchun, Rossiyada ma’muriy protseduralar to’g’risidagi qonun mavjud emas. Uning o’rniga minglab ma’muriy reglamentlar orqali tartibga solinadigan davlat xizmatlarini ko’rsatish to’g’risidagi qonunchilik rivojlantirilgan. Shunga ko’ra, ba’zi bir yuridik adabiyotlar va ilmiy qarashlarda davlat xizmatlarini ko’rsatishni ham ma’muriy protseduralar doirasiga kiritish tendensiyasi mavjud

Biroq davlat xizmatlari va ma’muriy protseduralarni bir-biridan farqlash lozim. Davlat xizmatlarini ko’rsatishni ma’muriy protseduralarning alohida yoki maxsus sohalari sifatida qarash mumkin. Shu ma’noda davlat xizmatlarini ko’rsatishni ma’muriy protseduralar instituti bilan tenglash- tirib, bir xillashtirib bo’lmaydi.

Ma‘muriy protseduralarga o’rganilgan ilmiy ishlar doirasida turlicha ta’rif berilganini ko’rish mumkin.

Jumladan, I.M. Lazarev ma’muriy protseduralarga quyidagicha ta’rif beradi. Ma’muriy protseduralar nizolarni ko’rib chiqish yoki majburlov choralarini qo’llash bilan bog‘liq bo’lmagan, ma’muriy protsessual normalar bilan tartibga solingan ijro hokimiyati organlarining ularga bo’ysundirilmagan fuqarolar va tashkilotlar bilan bo‘ladigan munosabatlarida o‘z vakolatlarini amalga oshirishga yo’nal- tirilgan huquqni qo’llash faoliyati hisoblanadi

       V.A. Zyuzin ma’muriy protseduralarni tor ma’noda tushunish lozimligini ta’kidlaydi. Unga ko’ra, ma’muriy protseduralar – ijro organlarining fuqarolar va yuridik shaxslar bilan ularning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish maqsadida bo’ladigan o’zaro munosabatini ta’minlashga yo’naltirilgan pozitiv, nizosiz xarakterdagi, aniq, individual ishlarni ijro organlari va mansabdor shaxslar tomonidan hal qilish uchun boshqaruv harakatlarini bajarishning huquq normasi bilan o’rnatilgan tartibidir

Y.A. Tixomirovning ta’kidlashicha, ma’muriy protseduralar – ommaviy xizmatlar ko’rsatish va vakolatli organlar tomonidan o’z vakolatlarini amalga oshirish maqsadida vakolatli huquq subyektlarining ketma-ketlikdagi harakatlarini bajarishning me’yoriy o’rnatilgan tartibi bo’lib, ma’muriy protseduralar o’zboshimcha ma’muriy ixtiyoriylikni cheklash va xizmatchilar, mansabdor shaxslar, davlat va munitsipal tizimlar, fuqaro va yuridik shaxslarning legal harakatlanish talablarini joriy etishga qaratilgan bo’ladi?.

A.V. Minashkin ma’muriy protseduralarni davlat hokimiyati organining me’yoriy belgilangan kompetensiyasini amalga oshirish faoliyatini ma’muriy reglament va (yoki) qonun bilan o’rnatilgan tartibi deya tavsiflaydi.

N.B. Malyavina ma’muriy protseduralar deganda normativ belgilangan funksiyalarni amalga oshirishga qaratilgan, normativ huquqiy hujjatlar bilan o’rnatilgan ommaviy hokimiyat organlari harakatlarini amalga oshirish tartibini tushunishni keltirib o’tadi

M.O. Yefremov esa ma’muriy protseduralarni – ma’muriy huquqning moddiy me’yorlarini hayotda amaliy tatbiq etilishini maqsad qilgan, ommaviy boshqaruv protsessida yuzaga keladigan hokimiyat organlari harakatlarining normativ- huquqiy aktlar bilan tartibga solingan tartibi deya ta’riflaydi

Ma’muriy protseduralar deganda ma’muriy organlarning turli ma’muriy faoliyatlar yuzasidan ma’muriy aktlar qabul qilish tartibi tushuniladi. Lekin ma’muriy faoliyatlarning har bir ko’rinishi ham u yoki bu ma’noda ma’lum bir ma’muriy protseduralardan iboratdir. Masalan, ma’muriy tekshirish, ma’muriy reja va boshqalarda ma’muriy protseduraviy normalarni ham ko’rish mumkin. Lekin ilmiy adabiyotlarda va rivojlangan xorijiy davlatlar qonunchjligida ma’muriy protseduralar deganda individual ma’muriy akt qabul qilish protsedurasi va unga qo’shimcha ravishda boshqa ma’muriy harakatlar, ya’ni ma’muriy qonunchilik, ma’muriy reja chiqarish yoki ma’muriy qonunchilik ijodkorligi protseduralarini tushunishni ham uchratish mumkin

       Ma’muriy protsessual normalarni shartli tarzda ma’muriy akt chiqarishgacha bo’lgan dastlabki (oldingi, awalgi) protseduraviy normalar va ma’muriy akt chiqarilgandan keyingi protsessual normalarga bo’lish mumkin. Yuqorida tahlili keltirilgan ilmiy adabiyotlarda ma’muriy protseduralar deganda asosan ma’muriy akt qabul qilish (ma’muriy aktni qabul qilish ham kiradi] gacha bo’lgan dastlabki protseduralar nazarda tutiladi. Bundan tashqari, ma’muriy protseduralarni

Boshqaruv qarorlariga erishish yo’li, ma’muriy qarorlar samaradorligini oshirish tizimi, davlat boshqaruvi organlarining xalq oldida bisobdor bo’lishi, ma’lum bir qoidalarga bo’ysunish orqali o’z vako- latlarini suiiste’mol qilishdan saqlanishni ta’minlash, ma’muriy organlar tomonidan ma’muriy protseduralar legitimligi orqali adresat va boshqa manfaatdor shaxslar bilan birgalikda, hamkorlikda aniq ish yuzasidan ma’muriy tartib-taomillar vositasida ma’lum bir yechimga kelish, ma’muriy tartib- taomillarning barcha ishtirokchilari birgalikda (hamkorlikda) o’zlari uchun aniq holat bo’yicha pozitiv (regulyativ) xarakterdagi ma’muriy tartibga solishni aniqlab olishiga qaratilgan adolatli jarayon sifatida qaralmoqda.

Shu o’rinda qonunning o’zbek va rus tilidagi matnida ba’zi bir farqli jihatlar, jumladan, «protsedura”ni “tartib-taomil» deb nomlash ham munozarali masala hisoblanadi. Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, «ma‘muriy tartib-taomil» o’rniga «ma’muriy protsedura» so’z birikmasini qo‘llash, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasiga va ma’muriy tartib-taomillarning ilmiy- nazariy asoslariga mos bo’lgan bo’lar edi. Bu esa rivojlangan davlatlar singari ma’muriy protseduralar to’g’risidagi umumiy qonunning ma’muriy organlar va manfaatdor shaxslar o‘rtasidagi ma‘muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha munosabatlarga nisbatan tatbiq etilishini hamda ma‘muriy protseduralarning barcha asosiy qoidalarini qonunda kafolatlanishini ham taqozo etadi.

Ma’muriy protseduralarni tushunishda uning tushunchasi va ma’muriy protsessdan farqi kabilarga to’xtalmasdan, ma’muriy protseduralarning mazmun-mohiyati haqida fikr yuritish orqali uni to’g’ri anglash Yevropa davlatlari va AQSh olimlari o’rtasida keng tarqalganini ko’rish mumkin. Shunga ko’ra, Yevropa davlatlari va AQSh qonunchiligida hamda olimlarning ilmiy ishlarida ma’muriy protseduralarning nazariy-huquqiy asoslarining bir qancha farqli jihatlarini ko’rsatish mumkin bo’lsa-da, lekin u yoki bu ma’noda ma’muriy protseduralar tushunchasiga yagona yondashuv shakllanib borayotganligini ko’rish mumkin.

Avvalo shuni alohida ta‘kidlash joizki, zamonaviy ma‘muriy boshqaruvda davlatning siyosiy javobgarligi tubdan o‘zgarib, jamiyat va shaxs uchun huquqiy kafolatlarni shakllantirib berish yo‘liga o‘tildi.

Muallif: Andijon viloyat ma’muriy sudi sudyasi Iqrorjon Matmusayev

Assistant:Mavlonbek Ro‘ziboyev

Do`stlarga ulashing:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan