#texnikum_tadbirlari

SO‘ZI – HIKMAT, HAYOTI – IBRAT: ANDIJONDA SUD FAXRIYLARI BO‘LAJAK HUQUQSHUNOSLAR BILAN UCHRASHDI

 

Andijon shahrida viloyat sudlari hamda O‘zbekiston sudyalari assotsiatsiyasi filiali hamkorligida soha faxriylarining yuridik texnikumda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

 

Qayd etilganidek, tizimda faoliyat ko‘rsatish uchun yuridik bilimning o‘zigina yetarli emas. Ayniqsa, sudyalik maqomiga yetishgan mutaxassis adolat tamoyilini hamisha oliy mezon deb biladigan, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan, mustaqil fikrlaydigan, o‘zi qabul qilgan qaror uchun javobgarlikni zimmasiga oladigan shaxs bo‘lishi zarur. Bu jihatlar kelajagini shu soha bilan bog‘layotgan yoshlar uchun g‘oyat muhimdir.

Do`stlarga ulashing:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan