Andijon viloyati yuridik texnikumida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.
Unda Andijon shahridagi 35-umumtaʼlim maktabining bitiruvchi sinflar oʻquvchilari ishtirok etdilar.
2024-2025 oʻquv yiliga oʻquvchilarni oʻqishga jalb qilish uchun tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar mavjud mutaxassisliklar, tahsil olish uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar hamda dars jarayonlari bilan tanishdilar. Shuningdek, texnikumda faoliyatiga oid oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.
Taʼkidlash lozimki, ushbu ilm dargohida oʻquvchilar uch yoʻnalishda tahsil olib, kasb egallashlari mumkin. Yoʻnalishlar kesimida tayyorlangan koʻrgazmalar ham oʻquvchilarning diqqatini jalb etdi, albatta.