Andijon shahridagi yoshlar markazida jinoyat ishlari boʻyicha Andijon shahar sudi tomonidan ochiq sayyor sud majlisi oʻtkazildi.
Ushbu sud majlisida Andijon viloyat yuridik texnikumida tahsil olayotgan 100 nafarga yaqin oʻquvchilar ishtirok etib, bevosita sud jarayonlarini kuzatdilar.
Sayyor sudda yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish, xususan, oʻgʻrilik, transport yoʻl harakati qoidalarini buzish hamda kiber jinoyatlar va ulardan himoyalanish choralari borasidagi oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Qayd etish lozim, sayyor sud jarayonlari oʻquvchilar huquqiy koʻnikmalari bilan bir qatorda, tahliliy qobiliyatlarini ham oshirishga amaliy yordam beradi.