“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyasi sohibi bilan uchrashuv oʻtkazildi

Andijon viloyati yuridik texnikumida “Taʼlimdagi muvaffaqqiyatlar!” mavzusida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyasi sohibi, Buyuk Britaniyaning Reading universiteti magistratura bosqichi bitiruvchisi Baxtiyorjon Rahimov bilan onlayn uchrashuv oʻtkazildi.

Ayni paytda Davlat bojxona qoʻmitasida faoliyat yuritayotgan Baxtiyorjon Rahimov uchrashuv davomida yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning salohiyat va iqtidorini rivojlantirish va roʻyobga chiqarish uchun barcha imkoniyat va sharoitlar yaratilgani taʼkidladi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyati, jamgʻarma tomonidan har yili eʼlon qilinadigan stipendiyalar, taʼlim, ilmiy tadqiqotlar, sogʻliqni saqlash, davlat boshqaruvi, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari kesimida, hamda 4 ta taʼlim dasturi boʻyicha: doktorantura, magistratura, stajirovka va malaka oshirish yoʻnalishlari haqida maʼlumot berildi.

Uchrashuv davomida Baxtiyorjon oʻzi, qanday qilib jamgʻarma sovrindori boʻlgani, tahsil olish jarayonlari va boshqa yutuqlari haqida hikoya qilib berdi.

💬Oʻquvchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflar va savollarga B.Raximov tomonidan batafsil javoblar va maʼlumotlar berildi.

🏃Qayd qilish lozim, Bu kabi uchrashuvlar yoshlar oʻrtasida taʼlimga qiziqish uygʻotish bilan birga ularning kelgusida yetuk mutaxassis boʻlib yetishishlari yoʻlida motivatsiya boʻlib xizmat qiladi.

Do`stlarga ulashing:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan