O‘quvchilar tergov hibsxonasi faoliyati bilan tanishdilar

Andijon shahrida joylashgan ikkinchi mintaqaviy hudud 3-son tergov hibsxonasida yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.
Unda hibsxona xodimlari hamda Andijon viloyat yuridik texnikumi oʻquvchilari ishtirok etdi.
Tadbirda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon qilish, ularning fuqarolik javobgarligini va olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish borasida bir qator amaliy ishlar qilinayotgani, shunday boʻlsa-da jinoyat qilgan shaxslarning har uchinchisini yoshlar tashkil qilayotgani afsuslanarli ekanligi taʼkidlandi.


Uchrashuv davomida jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarga yaratilgan sharoitlar haqida maʼlumot berildi. Yoshlar oʻzlarining qiziqtirgan barcha savollariga xodimlardan batafsil javob oldilar.
Shuningdek, muassasada ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Mahkumlar qanday qilib jinoyat yoʻliga kirib qolganliklarini aytib, bugun pushaymon ekanliklarini bildirishib, oʻquvchilarga ilm olib, halol mehnat qilish lozimligini taʼkidlashdi.
Tadbir soʻnggida xoʻjalik ishlarini bajarish uchun qoldirilgan mahkumlar yotoq joylari, oshxona, kutubxona, davolash boʻlimlarini koʻzdan kechirdilar.

Do`stlarga ulashing:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan