❗️ Adliya vazirligi tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy test savollarini o‘z ichiga olgan “Sovrinli viktorina” o‘tkaziladi.
⏳ Viktorina 2024-yil 10-oktyabr kuni soat 09:00 da boshlanib, 13:00 ga qadar davom etadi!
🖥 Ishtirokchilar huquq sohasiga oid jami 10 ta test savoliga (har bir savolga 15 soniya) to‘g‘ri javob topishi kerak.
✅ Belgilangan muddatda test savollarining barchasiga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilar orasidan g‘olib Youtube-kanalida tasodifiy g‘olibni aniqlash (Randomus randomayzeri) yordamida aniqlanadi.
🎁 G‘olib ishtirokchi kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi.
Barcha savollarga to‘g‘ri javob bering va g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiriting!