O‘qituvchi va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatildi

Andijon viloyat yuridik texnikumida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Unga pedagog-o‘qituvchilar va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda yosh avlodning ma’naviy dunyosi boy, yuqori intellektual salohiyatga ega bo‘lib ulg‘ayishida fidokorona mehnat qilib kelayotgan fidoyi kasb egalari bo‘lgan aziz ustozlarni bayram bilan muborakbod etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni zimmasiga olishga qodir yangi avlodni tarbiyalashda o‘qituvchi va murabbiylarning o‘rni beqiyos ekanligini ta’kidladilar.

Tadbirda ta’lim sohasida faoliyat olib borib, yosh avlodning sifatli bilim olishida o‘zining fidokorona mehnatlari bilan namuna bo‘lib kelayotgan, sohaning rivojlanishi uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan bir qator pedagoglarga boshqarma boshlig‘i hamda texnikum direktorining Faxriy yorlig‘i topshirildi.

Bayram davomida iqtidorli o‘quvchilar ishtirokida tayyorlangan badiiy chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Do`stlarga ulashing:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan