E ‘ L O N
O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirining 2021 yil 29 yanvar
38-um-son buyrug‘iga asosan Andijon viloyati yuridik texnikumida
“Eng iqtidorli o‘quvchi” tanlovi o‘tkaziladi
Ushbu tanlovda 2-kurs o‘quvchilari ishtirok etishadi.
Tanlovning texnikum bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan o‘quvchilar 2021 yil 12 fevralga qadar komissiya a’zolariga kuyidagi hujjatlar to‘plamini taqdim etadilar.
1). Ishtirokchining yetakchilik qobiliyati, erishgan yutuqlari, darslardagi faol ishtiroki,o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladigan tomonlari va jamoat ishlaridagi faoliyati haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan ikki betdan oshmaydigan taqdimnoma
2). Ishtirokchining fanlari o‘zlashtirish natijalari aks etgan ma’lumotnoma
3). Tanlov ishtirokchilarining nashr etgan ishlari ro‘yxati
4). Turli tadbirlar, tanlovlarda ishtirok etganligi uchun taqdirlanganlik to‘g‘risidagi faxriy yorliqlar
5). Grant va konferensiyalarda ishtiroki haqidagi ma’lumotlar.
Komissiya a’zolari tomonidan ishtirokchilarni hujjatlar to‘plamini baholash natijalarini hisobga olgan xolda eng yuqori ball olgan 5 nafar o‘quvchini yakuniy turga o‘tkazadi.
Yakuniy tur o‘tkazilish sanasi komissiya a’zolari tomonidan belgilanadi.
Yakuniy turda qatnashadigan ishtirokchilar kuyidagi 3 ta shart bo‘yicha baholanadi:
1 – shart– ishtirokchilar tomonidan mamlakatda huquqiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘zi istiqomat qiluvchi hududa amalga oshirilishi holati va mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish, shuningdek 5 ta muhim tashabbusning o‘zi o‘qiyotgan texnikum miqyosida ijrosi hamda uni takomillashtirish yuzasidan takliflarni qamrab olgan
5 – 7 daqiqa davomida taqdimot;
2 – shart – tanlov ishtirokchisi bilan huquq sohasiga oid blis savol- javoblar;
3 – shart – ishtirokchining chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi
V1 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi
Komissiya a’zolari ishtirokchilarning natijalarini hisobga olgan xolda 1, 2, 3-o‘rinlarni aniqlaydi.
G‘oliblar texnikumning faxriy yorliqlari va sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
Tanlovning texnikum bosqichida 1–o‘rinni egallagan ishtirokchi tanlovning respublika bosqichida qatnashishi uchun tavsiya qilinadi